Aksiyadorlarning imtiyozli huquqi mavjudligi to’g’risida bildirishnoma
“Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining 2024 yil 24 yanvardagi 4-sonli yig‘ilishi bilan, Jamiyat ustav kapitalini nominal qiymati 1 480 (bir ming toʻrt yuz sakson) soʻmdan boʻlgan 36 397 681 (oʻttiz olti million uch yuz toʻqson yetti ming olti yuz saksan bir) dona umumiy qiymati 53 868 567 880 (ellik uch milliard sakkiz yuz oltmish sakkiz million besh yuz oltmish yetti ming sakkiz yuz sakson) soʻmlik egasining nomi yozilgan oddiy hujjatsiz aksiyalar chiqarish orqali koʻpaytish to’g‘risida qaror qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan ushbu aksiyalar chiqarilishi 2024 yil 28 fevral kuni Q0102-8-son bilan davlat ro’yxatidan o’takazilgan.
Qо‘shimcha chiqarilayotgan aksiyalarni joylashtirish, shu jumladan imtiyozli xuquqqa ega aksiyadorlar oʻrtasida joylashtirish 1 480 (bir ming toʻrt yuz sakson) soʻmdan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga va aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorga muvofiq, Jamiyat aksiyalarini imtiyozli olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning roʻyxati
2024 yil 24 yanvar kuni holatiga shakllantirilgan “Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori” AJ aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi.
Imtiyozli huquq amalga oshirilgan taqdirda, aksiyadorlar aksiyalarning faqat butun miqdorini olishi mumkin.
Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyador aksiyalarni olishi toʻgʻrisida oʻzining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), oʻzi oladigan aksiyalarning soni koʻrsatilgan yozma shakldagi arizani va haq toʻlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatni “Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori” AJga yuborish orqali oʻz imtiyozli huquqini toʻliq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida Jamiyatga taqdim etilishi kerak.
Imtiyozli huquq asosida har bir aksiyador olishga haqli boʻlgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi quyidagicha: Aksiyador o‘ziga tegishli oddiy aksiyalarni “Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori” AJ tomonidan ilgari joylashtirilgan jami 1 220 659 dona oddiy aksiyalardagi ulushini aniqlaydi va shu ulushga teng ulushda ushbu chiqarilishdagi aksiyalardan olishga haqli boʻladi.
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati 2024 yilning 1 mart kunidan boshlab 10 (o‘n) kunni tashkil etishini ma’lum qilamiz.
Imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Imtiyozli huquqdan foydalanishning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng 2024 yilning 11 mart kunidan boshlab Toshkent shahar hokimligiga joylashtirilishi mumkin.
Aksiyalar uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida faqat pul mablagʻlari bilan naqd va (yoki) naqdsiz shaklda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Aksiyalar to‘lanishiga kelib tushadigan naqd va (yoki) naqdsiz shakldagi pul mablag‘lari ko‘chirilishi lozim bo‘lgan “Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori” AJ ning bank rekvizitlari: “Xalq banki” AT Bektemir filialining quyidagi hisob raqamga qabul qilinadi:
h/r 202088000904006821001, MFO 01125, STIR 207215726, Bank joylashgan manzil: 100182, Toshkent shahar, Bektemir tumani, Bayqaro koʻchasi, 25 uy.
“Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori” AJ joylashgan manzili: 1000026, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Bektemur tumani, Toshkent avtomobil halqa yoʻli.
Tel.: +998 71 295-96-52
Elektron pochta manzili: Bu elektron manzil spamlardan ximoyalangan. Uni kurish uchun JavaScript ni ishga tushirishingiz kerak.